“Uzbekistan Agrotech Expo–2018” va “Uzbekistan Agromash Expo–2018”

2018-05-30

“O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasining markaziy pavilonlari va ochiq maydonlarda joriy yilning 30 – mayidan 02 –iyungacha XIII “Uzbekistan Agrotech Expo–2018” Respublika qishloqxo‘jaligi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar halqaro ihtisoslashtirilgan ko‘rgazma yarmarkasi va VII qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari ko‘rgazmasi “Uzbekistan Agromash Expo–2018” bo‘lib o‘tadi.

“Uzbekistan Agrotech Expo–2018” va “Uzbekistan Agromash Expo–2018” ko‘rgazmalari quyidagi mavzulardagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish va ularni qayta ishlab chiqarish, muzlatish va sovutish uskunalari, meva va sabzavotlarni quritish uskunalari, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, bog‘dorchilik texnologiya va uskunalari, issiqxona komplekslari, o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy dori vositalari, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish texnologiya va uskunalari, go‘sht va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari, veterenariya, sut sog‘ish uskunalari va maydonlari, farmatsevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi texnikasi, paxtachilik texnikasi, paxta teruvchi mashinalari, bog‘dorchilik texnikasi va traktorlari va boshqalar.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni bizning rasmiy www.uzexpocentre.uz saytimizdan olishingiz yoki uzexpocentre@gmail.com; info@uzexpocentre; uzminitech@uzexpocentre.uz elektron pochtalarimizga murojaat va taklflaringizni yuborishingiz, shu bilan birga (998 71) 238 56 11,(998 90) 168 16 00, Faks: 238-56-41 telefon raqamlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Ko‘rgazmada ishtirok etish – Respublikamiz bozorlariga chiqishingizning qisqa yo‘li!

Manba: O‘zekspomarkaz