Prokuror hisob beradi...

2018-05-16

Shayxontohur tuman prokurori joriy yilning birinchi choragida olib borgan ishlari yuzasidan Xalq deputatlari Shayxontohur tumani kengashida hisobot berdi.

Unda Shayxontohur tuman prokuroriga biriktirilgan

2-sektorda amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan muammolar, ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatilgan amaliy yordamlar muhokama etilib, ikkinchichorakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlari belgilab olindi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida ishchi guruh a’zolari ikki ming ikki yuzga yaqin xonadonda bo‘lib, 171 ta muammoli xonadonni aniqlandi. Ularning aksariyati obodonlashtirish, tibbiy yordam, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam va XUJMSHlar bilan bog‘liq bo‘lib, yuzga yaqini joyida hal etildi.

Sektor xududidagi 1,2,3,4-sonli ko‘p qavatli uylar, 5,6,7,8 uylar oralig‘ida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilgan.Aholiuchun 4 ta favvora, hovuz va bolalar maydonchalari qurilib, o‘rindiqlar qo‘yildi. Shuningdek, tuman prokuraturasining tashabbusi bilan sektordagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga muntazam amaliy yordam berilmoqda.

Sektorda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoyasini ta’minlash choralari ham ko‘rilmoqda. Xususan, tuman prokuraturasi o‘tgan davrda 13 nafar tadbirkorgakredit mablag‘lari ajratilishi, 16 ta tadbirkorga o‘z biznesini boshlashi uchunamaliy yordam berdi. Natijadatumanda 70 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Yana bir gap.Tumanprokurori hududda faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini qayta tiklash maqsadida haftaning payshanba kunlari faoliyati to‘xtatilgan tadbirkorlarbilan individual tarzda suhbatlashmoqda. Bu ham o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Joriy yilningto‘rt oyida 24 ta faoliyati to‘xtatilgan tadbirkorning qayta ish boshlab, 41 ta ish o‘rni yaratgani buning isbotidir.

Manba: O'zA