"O‘zbekiston Respublikasining 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish harakat dasturi" ijrosi yuzasidan tadbir tashkil qilindi

2015 yilning 4 noyabr kuni Toshkent viloyat xokimligi, Toshkent viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston ekologik harakati Toshkeng viloyati hududiy bo‘linmasi Kengashi a’zolari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston ekologik harakati Toshkeng viloyat hududiy bo‘linmasining tashabbusi bilan Toshkent davlat Agrar universitetining majlislar zalida O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashining 2 yarim yillik asosiy dasturiy vazifalarini bajarish harakat dasturi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlaktimizning ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar rivojlantirishdagi ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishidagi kompleks chora-tadbirlar rejasi”ga asosan “O‘zbekiston Respublikasining 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish harakat dasturi”ning Toshkent viloyatida bajarilishi borasida jamoatchilik eshituvi Toshkent viloyat xokimligi, Toshkent viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston ekologik harakati Toshkeng viloyati hududiy bo‘linmasi Kengashi a’zolari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi a’zolari, Viloyat xokimligi vakillari, NNT Milliy Assotsiatsiya, O‘zbekiston ekologik harakati Toshkeng viloyat hududiy bo‘linmasi Kengashi a’zolari, Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi vakillari, dasturning bajarilishiga ma’sul bo‘lgan tashkilot-korxonalar vakillari va Ekoharakat faollari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar milliy dasturida asosiy vazifa qilib ustuvor ekologik muammolarni aniqlash, ularni hal etish vositalarini tanlash va tegishli tashkiliy va maxsus o‘zgarishlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, mamlakatning barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tishiga shart-sharoitlar yaratish uchun respublikaning tabiatni muhofaza qilish faoliyatida umumiy strategiyani shakllantirish belgilab berilgan.

Bugungi jamoatchilik eshituviga qo‘yilgan Dastur ham atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar milliy dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib uning maqsadi atrof-muhit holatining kafolatlangan sifatli darajasiga erishish borasidagi chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatdan foydalanish boshqaruvini takomillashtirish va samarali iqtisodiy usullarini tatbiq qilish, atrof-muhit ustuvorligini hisobga olgan holda, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik ilm-fanni olg‘a surishga va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta’limni joriy qilishga, ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilishga, shuningdek ekologik madaniyatni oshirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Ushbu Dasturni bajarish quyidagi beshta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bular:

-aholi va davlat uchun yashash muhiti va ekologik xavfsizlik darajasining kafolatlangan va qulay shart-sharoitlarini yaratish;

-iqtisodiyot tarmoqlarini ekologizatsiyalashtirish, texnologik jarayonlarni va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish;

- atrof-muhitning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish;

-atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish, ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta’lim sohasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini va me’yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish;

- tabiiy muhitning transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Ushbu Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bugungi tadbirning maqsadi “O‘zbekiston Respublikasining 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish harakat dasturi”ning Toshkent viloyatida ushbu dasturning bajarilishiga ma’sul bo‘lgan tashkilot va korxonalar tomonidan olib borilayotgan ishlardan jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish harakat dasturi”ning Toshkent viloyati bo‘yicha hududiy Dasturining amalga oshirilishiga ma’sul bo‘lgan korxona-tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan tadbirlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Toshkent viloyati xududiy dasturiga kiritilgan 25 ta tadbirdan 2015 yil 25 sentyabrь holatiga: 7 tasi to‘liq bajarilgan, 18 tasi bajarilmoqda. Jumladan “O‘zmetkombinat” OAJ ning №1 “Sortoprokat” tsexining metodik qizitish pechini rekonstruktsiya qilish” tadbirini 2013-2014 yillarda bajarilishi bo‘yicha jami bo‘lib, tadbir boshidan 3000 ming AQSh dollari korxona xisobidan sariflangan bo‘lib, ushbu tadbir 2014 yilda to‘liq bajarilgan. “Sortoprokat” tsexining metodik qizitish pechi rekonstruktsiya qilib, natijada har yili atmosfera xavosiga 45 t ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi oldi olinmoqda.

“O‘zmetkombinat” OAJ ga qarashli metallalomni qayta ishlash tsexini modernizatsiya qilish” tadbirini 2013-2014 yillarda bajarilishi bo‘yicha jami bo‘lib, tadbir boshidan 5810 ming AQSh dollari korxona xisobidan sariflangan bo‘lib, ushbu tadbir 2014 yilda to‘liq bajarilgan. “O‘zmetkombinat” OAJ ga qarashli metallalomni qayta ishlash Tsexini modernizatsiya qilish ishlari yakunlanib, natijada atmosfera xavosiga 80 tn ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi oldi olindi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq ekologik muammolar echimini topish va aholi salomatligini mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash masalalaridagi mavjud muammolar mohiyatan ularning mintaqaviy, mahalliy yoki global miqyosda ekanligini inobatga olib, ular echimiga yangicha zamonaviy yondashuvni talab etayotganligi qayd etib o‘tildi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va sog‘liqni saqlash masalalaridagi muammolar echimini topishda ushbu yo‘nalishdagi davlat dasturlarining qabul qilinishi va amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etayotganligi tadbirda qayd etilib o‘tildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan viloyat hududiy dasturda belgilab berilgan tadbirlarning to‘liq bajarilmayotganligi xususan, ayrim tashkilotlar tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan sustkashliklar bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. Shu bilan birgalikda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining bugungi kunda mavjud ekologik muammolarni oldini olish yuzasidan fikrlari, taklif mulohazalari eshitildi va muxokama etildi.

Tadbir oxirida sohaviy qonunlarini amalda bajarilishini ta’minlashda, dolzarb ekologik muammolarni kompleks hal etishda, atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishdagi davlat dasturlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashishda, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari salohiyatlarini birlashtirish, ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish juda katta ahamiyatga ekanligi qayd etildi.

O‘zbekiston ekologik harakati
Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi